Keys 04 / 04Qurilish mollari do‘konlari — o‘z mahsulotim
Qurilish ERP
Qurilish mollari do‘konlari uchun o‘z mahsulotim. Bir marta standart sifatida quriladi, keyin har do‘konga moslab sozlanadi: nasiya, usta bonusi, dollar kursi, yetkazish va filiallar — bu savdoni boshqalardan ajratib turadigan narsalar.
- Avtomatik testlar
- 2 119
- Rollar
- 7
- Standart katalog
- 1 160 ta tovar
SavolBitta sotuv qancha vaqt oladi?

JavobQidiruv, miqdor, to‘lov, chek — taxminan o‘n soniya.
01Nima qurdim
Internetsiz kassa
Internet uzilsa ham sotuv davom etadi, aloqa qaytganda sinxronlanadi.
Limitli nasiya
Limitdan oshgan nasiyaga ega ruxsati kerak — Telegram’da bitta tugma.
Usta bonusi
Har sotuvdan hisoblanadi, qaytarishda kamayadi.
Dollar kursi
Markaziy bank kursi har kuni keladi, ega tasdiqlaydi.
Do‘konlar va filiallar
Har do‘kon faqat o‘z ma’lumotini ko‘radi — buni bazaning o‘zi tekshiradi.
Smeta va yetkazish
Smeta sotuvga aylanadi; yetkazishning reysi, mashinasi va haydovchisi bor.
02Har kuni
- Qarzlar yoshi bo‘yicha: 0–30, 31–60, 61–90 va 90+ kun; akt-sverka bir bosishda chop etiladi.
- Smena yopilganda kutilgan va sanalgan pul yonma-yon turadi.
- Ustalar, mijozlar va haydovchilar uchun alohida Telegram botlar.
- Video — demo do‘kondagi haqiqiy sotuv: ikkita tovar, to‘lov, chek.
03Ekranlar



